Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston o’smirlar terma jamoasi U-17 Osiyo Kubogi oldidan Malayziyada soʻnggi tayyorgarlik yigʻinini oʻtkazadi. Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari yigʻin doirasida malayziyalik tengdoshlariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadilar. Bahslar 6 va 8-iyun kunlari boʻlib oʻtadi. 6-iyun Malayziya – Oʻzbekiston 8-iyun Malayziya – Oʻzbekiston

Osiyo kubogiga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston U17 terma jamoasi may oyida Doxada oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazadi Osiyo kubogiga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi may oyida Doxada oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazadi. Oʻsmirlarimiz mazkur yigʻin doirasida qatarlik tengdoshlariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadilar. 18-may 🇶🇦 Qatar 🆚 Oʻzbekiston 🇺🇿

U-17 Osiyo kubogiga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishdi. Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari yigʻin doirasida yamanlik tengdoshlariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishadi. Oʻyinlar Toshkentda oʻtkaziladi. 25-aprel Oʻzbekiston 🆚 Yaman 27-aprel Oʻzbekiston 🆚 Yaman Bosh murabbiy tomonidan mazkur yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.