Yakunlanib borayotgan 2024-yil oʻzbek futboli va futzali uchun muvaffaqqiyatli boʻldi. Ushbu muvaffaqqiyatga hissa qoʻshgan eng yaxshi futbol va futzal yulduzlari hamda murabbiylar bilan tanishing: “Ayollar futboli boʻyicha Oʻzbekistonning eng yaxshi murabbiyi” 1. Ilhom Xanjariyev (Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi hamda “OKMK-Women”) 2. Vladimir Panov (Oʻzbekiston U-18 qizlar terma jamoasi hamda Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi [v.b])
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida o‘tkazilgan UEFA va OFKning 2024–2027-yillarda ayollar futbolini rivojlantirish dasturiga bagʻishlangan uch kunlik seminar yakunlandi. Seminarning so‘nggi kunida yurtimizda ayollar futboliga e’tiborni yanada oshirish va har jihatdan mukammal tizimga aylantirishga doir bir qator muhim masalalar muhokama qilindi. Turli yoshdagi terma jamoalarimizning FIFA va OFK turnirlaridagi doimiy ishtirok etuvchi jamoalar darajasiga ko‘tarishda klublar ishtirokidagi
O‘zbekiston U-15 qizlar terma jamoasi 22-noyabrdan Toshkent shahridagi “Chig‘atoy” sport bazasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi. Jamoamiz yigʻin doirasida 26 va 28 noyabr kunlari Toshkent shahrida Qirg’iziston U-15 qizlar terma jamoasiga qarshi xalqaro o’rtoqlik uchrashuvlarini oʻtkazishadi. Viktoriya Sirota boshqaruvidagi jamoamizning yigʻiniga jalb etilgan futbolchilar bilan tanishing.
Bugun, 23-noyabr kuni Ayollar futboli boʻyicha 2024-yilgi Oʻzbekiston kubogining final uchrashuvi o’tkazildi. Unda “Sevinch” va “OKMK-Women” jamoalari o’zaro bahs olib borishdi. “Sevinch” 4:0 hisobidagi g’alaba evaziga bosh sovringa ega chiqdi.
O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Xitoy mezbonlik qilayotgan CFA International “A” Women’s Football Tournament 1-tur uchrashuvini Vyetnamga qarshi o’tkazdi va 0:2 hisobida mag’lub bo’ldi. Eslatib o’tamiz, Vladimir Panov boshqaruvidagi jamoamiz navbatdagi uchrashuvini 26-oktyabr kuni Xitoyga qarshi o’tkazadi.