Free ebooks Library zlibrary project

Joriy yilning 14-sentyabr va 6-oktyabr kunlari jahon futzalining eng yetakchi terma jamoalari yurtimizda jam bo‘lishadi. Futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati-2024 bahslari Oʻzbekistonda tashkil etiladi.

Ayni vaqtda mudialning so‘ngi ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘lmoqda. Futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionati-2024 musobaqasining rasmiy qurʼa tashlash marosimi shu yilning 26-may kuni Samarqand shahrining afsonaviy Registon maydonida bo‘lib o‘tadi.

JCh-2024ga qur’a tashlash marosimini bevosita voqea joyidan yoritishni maqsad qilgan OAV vakillari uchun akkreditatsiyadan o‘tish jarayoni boshlanganini ma’lum qilamiz. Akkreditatsiya jarayoni 25-apreldan 15-mayga qadar davom etadi.

Futzal bo‘yicha JCh-2024 qur’a tashlash marosimida qatnashish istagida bo‘lgan OAV vakillari mediaaccreditation@ufa.uz elektron manziliga quyidagi ma’lumotlarni yuborishlari so‘raladi:

• Nashr muharriri nomidan JCh-2024 mahalliy tashkiliy qo‘mitasi nomiga akkreditatsiyadan o‘tadigan jurnalistlar ism-familiyalari va passport/ID raqamlari keltirilgan xat;
• Elektron fotosurat.