Free ebooks Library zlibrary project

U-23 Osiyo kubogi chorak final oʻyini oldidan vakillarimiz ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Timur Kapadze:
Ushbu bosqichga yetib kelganimizdan xursandmiz. Ertaga bizni muhim oʻyin kutib turibdi va biz oʻyinga tayyormiz.

Raqib haqida:
Albatta raqibimiz oʻziga yarasha kuchli jamoa. Bu jamoa bilan koʻp oʻynaganmiz. Jamoa va uning murabbiyi imkoniyatlari haqida bilamiz. Biroq biz ham oʻz strategiyamiz va rejamiz boʻyicha harakatlanamiz.

2 yil avvalgi Saudiya Arabistoni haqida:
2 yil ichida har ikkala jamoa ham oʻzgardi, deb oʻylayman. Oʻz oʻrnida biz ham oʻsishga erisha oldik, tajriba toʻpladik. Ertaga oʻz rejamiz asosida harakatlanib, gʻalaba qozonmoqchimiz.

Legionerlarning moslashuvi haqida:
Ular tarkibimizga yetib kelganidan xursandmiz. Legionerlarimiz bizga qoʻshimcha kuch berishdi. Allaqachon moslashib ulgirishdi. Ular hatto oʻtgan uchrashuvda ham maydonga tushishdi. Ertaga esa, koʻramiz, kim tayyor boʻlsa, oʻsha maydonga tushadi.

Jasurbek Jaloliddinov:
Ertaga oldimizda muhim uchrashuv bor. Biz oʻyinga tayyormiz.

Tayyorgarlik haqida:
Bu musobaqaga uzoq muddat tayyorgarlik koʻrdik. Yildan yilga oʻz oʻyinimizni shakllantirib, oʻsishga erishdik. Hozirda hech qanday bosimni his qilmayapmiz. Bor e’tiborimiz ertangi oʻyinga qaratilgan.

Futzal terma jamoamizning gʻalabasi haqida:
Albatta bundan juda ham xursandmiz. Futzalchilarimiz ham biz ham bir jamoamiz va xalqimizni gʻalaba bilan xursand qilishni maqsad qilganmiz. Ertangi oʻyinda ularga ham omad tilayman.

Ertangi oʻyindagi muxlislik haqida:
Biz xalqimizning qoʻllab-quvvatlashini his qilib turibmiz. Ular gʻalabamiz uchun duoda boʻlishmoqda. Ertangi oʻyinda raqib jamoa muxlislari koʻp boʻlishi bizga bosim bermaydi, bor e’tiborimizni gʻalaba qozonishga qaratamiz.