Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 26-aprel kuni O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogi 3-turi doirasida Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 45+2-daqiqasida Husayn Norchayev ajoyib kombinatsiyadan so’ng gol urib, hisobni ochdi. 84-daqiqada esa Umarali Rahmonaliyev Abdurauf Bo’riyevning zarbasidan so’ng darvozabon qaytargan to’pni boshi bilan aniq yo’naltirdi va yakuniy hisobni o’rnatdi – 2:0.

Shu tariqa O’zbekiston U-23 terma jamoasi ketma-ket 4-bor U-23 Osiyok kubogining yarim finaliga yo’l oldi.

Timur Kapadze boshqaruvidagi jamoamiz navbatdagi uchrashuvini 29-aprel kuni Indoneziya terma jamoasiga qarshi o’tkazadi.