Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 26-aprel kuni O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Osiyo kubogining yarim final bosqichi doirasida Eronga qarshi maydonga tushdi va penaltilar seriyasiga ko’ra imkoniyatni boy berdi – 4:5.

Uchrashuv teng kurashlar ostida o’tdi. 5-daqiqada Mashrab Odilovning avtogolidan so’ng hisobni ochildi. 7-daqiqada Sunnatulla Jo’rayev jarima zarbasidan super gol kiritib, hisobni tenglashtirdi. 18-daqiqada tezkor qarshi hujumdan so’ng, Abror Ahmetzyanov jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi – 2:1.

Ikkinchi bo’limda jamoalar yaxshi o’yin namoyish etdi. 24-daqiqada yon chiziqdan uzatilgan to’p, Abror Ahmetzayonovga tegib, yo’nalishini o’zgartirdi va darvozamizdan oy oldi. 28-daqiqada Mashrab Odilov hakam tomonidan ikkinchi bor ogohlantirildi va maydondan chetlatildi. 29-daqiqada Son jihatdan ustunlikka ega bo’lgan Eron terma jamoasi Behruz Azimining goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. 38-daqiqada Sunnatulla Jo’rayevning uzatmasidan so’ng, Abror Ahmetzyanov gol urib, muvozanatni tikladi – 3:3.

Ekstra-taymlarda ham hisob o’zgarmadi va penaltilar seriyasida Eron 5:4 hisobida g’alaba qozonib, finalga yo’l oldi.

Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi jamoamiz navbatdagi uchrashuvini 28-aprel kuni Osiyo kubogi bronza medallari uchun Tojikiston terma jamoasiga qarshi o’tkazadi.