Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Eronga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi:

— Rostini aytsam, Eron bilan oʻyinga tayyorgarlikni endi boshlaymiz. Chunki kechagi uchrashuvdan soʻng bunga yetarli vaqtimiz boʻlgani yoʻq. Biroq raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz. Ularni qanday magʻlub etish mumkin? Eronlik oʻyinchilarning darajasi juda yuqori va bu jamoani toʻxtatish juda qiyin. Oʻylashimcha, bitta uchrashuvda hamma narsa sodir boʻlishi mumkin. Biz oʻz maqsadimizga erisha olamiz.