Free ebooks Library zlibrary project

Unga ko’ra, qurʼa tashlash marosimi joriy yilning 30-mart kuni soat 16:00da Bangkok shahrida onlayn tarzda oʻtkaziladi. Maʼlumot oʻrnida, Osiyo Kubogida 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilardan iborat 16 ta terma jamoa 4 ta guruhga saralanadi. Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Xitoy, Qatar va Laos bilan birgalikda 4-savatchadan joy olgan.  

Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi 5-11-fevral kunlari Belorusning Minsk shahrida boʻlib oʻtadigan “Rivojlanish kubogi” xalqaro turnirida ishtirok etadi. Ushbu terma jamoani tajribali mutaxassis Zayniddin Tojiyev boshqarib boradi. Maʼlumot oʻrnida, turnir gʻolibligi uchun sakkizta terma jamoa kurash olib boradi. Vakillarimiz “A” guruhidan oʻrin olgan boʻlib, Belarus (U-17), Qozog’iston (U-17) va Rossiya (U-16) jamoasiga qarshi kurash olib boradi. 

Batafsil

Oʻzbekiston U17 terma jamoasi 19-yanvar kuni navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi jamoa ushbu yig’inni Hindistonning Goa shahrida o’tkazadi. Oʻsmirlarimiz Hindiston U17 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishlari rejalashtirilgan. Bahslar 22 va 24-yanvar kunlari boʻlib oʻtadi. U17 | Xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlari 22-yanvar Hindiston – Oʻzbekiston 24-yanvar Hindiston – Oʻzbekiston

Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jidda shahridagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini davom ettirmoqda. Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi jamoamiz bugun “Shahzoda Abdullah Al Faysal” stadionida mashgʻulot oʻtkazdi. Eslatib oʻtamiz, vakillarimiz 26 va 29-dekabr kunlari Saudiya Arabistonining oʻsmirlar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi: U-17 | Xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlari 26-dekabr 🇸🇦 Saudiya Arabistoni 🆚 Oʻzbekiston 🇺🇿 29-dekabr 🇸🇦 Saudiya Arabistoni 🆚 Oʻzbekiston 🇺🇿 

Batafsil