OFK rasmiy sahifasi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov haqida maqola e’lon qildi. Quyida ushbu maqolani o‘zbek tilida o‘qishingiz mumkin: Islombek Ismoilov – ajoyib iste’dodlarga to‘la jamoa bilan mukammal ishni bajarishga yaqin. Chunki uning boshqaruvidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 2012-yilgi U-16 Osiyo chempionati bosh sovrini qatoriga Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan U-17 Osiyo kubogi
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov va futbolchimiz Sayfiddin Sodiqov final uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi: Islombek Ismoilov: — Finalda o‘ynash ajoyib, jamoamiz bilan bu uchun uzoq mehnat qildik. Saudiya Arabistoni kuchli terma jamoalardan biri. Ularga qarshi ko‘p marta o‘yin o‘tkazdik. Lekin final o‘z nomi bilan final, oldimizda mas’uliyatli vazifa turibdi. Har
O‘zbekiston U-16 qizlar terma jamoasi 27 aprel – 3 may kunlari Belarusda xalqaro oʻrtoqlik turnirida ishtirok etadi Viktoriya Sirota boshchiligidagi U-16 terma jamoamiz turnirda Belarus, Xitoy va Rossiya jamoalariga qarshi maydonga tushadi
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtayotgan Osiyo kubogi yarim finalida KXDRga qarshi bahs olib bordi. Ushbu bahsda Oʻzbekiston 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Jamoamizning gollariga Sadriddin Hasanov (31ʼ), Jamshidbek Rustamov (62ʼ) va Abubakir Shukurullayevlar (65ʼ) mualliflik qildi. Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi final bahsida mezbon Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Ushbu
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov va jamoa futbolchisi Sadriddin Hasanov KXDRga qarshi oʻyin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi. Islombek Ismoilov: — Raqibimiz bu bosqichga qadar yaxshi o‘yin namoyish etdi. KXDR yuksak jismoniy tayyorgarlikka ega jamoa. Ushbu jamoaning turnirdagi o‘yinlarini tahlil qilganimizda, 90 daqiqa davomida tinimsiz pressingda ishlayotganiga guvoh bo‘ldik. Bir qancha taktik