Bugun 11-oktyabr kuni Toshkent shahridagi “JAR” stadionida Islombek Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Turkiyaga qarshi bahs olib bordi va 2:2 hisobida durang qayd etdi. Jamoamizning gollariga Amirxon Murodov (45′) va Nurbek Sarsenbayev (80′) mualliflik qildi. Jamoalar o‘rtasidagi navbatdagi uchrashuv 14-oktyabr kuni “JAR” stadionida o‘tkaziladi
Bugun 10-oktyabr kuni “Qibray” stadionida Sergey Chigodayev boshqaruvidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang qayd etdi. 🇺🇿 Oʻzbekiston 1:1 Saudiya Arabistoni 🇸🇦 Gollar: Ali Almakki 11’, Mashhurbek Abdusoliyev 75’. Boshlangʻich tarkib: 1. Olim Shomurodov 2. Mashhurbek Abdusoliyev 6. Muhammad Mamatov 8. Islom Ravshanov 9. Laziz Abduraimov 10.
Oʻzbekiston U-18 terma jamoasi Ozarbayjonga qarshi oʻyin oʻtkazdi. Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi yoshlarimiz dastlabki oʻyinda durang qayd etishdi. 🇺🇿 Oʻzbekiston 0:0 Ozarbayjon 🇦🇿 Eslatib oʻtamiz, jamoalar oʻrtasidagi keyingi uchrashuv 12-oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi Milliy futbol markazida Saudiya Arabistoni va Yaponiyaga qarshi uchrashuvlarga tayyorgarlikni davom ettiryapti. Oʻsmirlarimiz 10-oktyabr kuni soat 15:00da saudiyalik tengdoshlariga qarshi ilk uchrashuvda maydonga tushadi. Oʻyin Qibrayda joylashgan stadionda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Bugungi mashgʻulotdan fotogalereya
2025-yilgi U-17 Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi 6–14-oktyabr kunlari Milliy futbol markazida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Islombek Ismoilov boshqaruvidagi oʻsmirlarimiz yigʻin doirasida Turkiya U-17 terma jamoasiga qarshi xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi. Bosh murabbiy tomonidan yigʻinga quyidagi futbolchilar jalb etildi: Darvozabonlar: Bahodir Izbaskanov (“Bunyodkor”), Ibrohim Shokirov (“Paxtakor”), Ne’matulloh Rustamjonov (“Ahmedov” FK).