O‘zbekiston U-16 qizlar terma jamoasi 27 aprel – 3 may kunlari Belarusda xalqaro oʻrtoqlik turnirida ishtirok etadi Viktoriya Sirota boshchiligidagi U-16 terma jamoamiz turnirda Belarus, Xitoy va Rossiya jamoalariga qarshi maydonga tushadi
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtayotgan Osiyo kubogi yarim finalida KXDRga qarshi bahs olib bordi. Ushbu bahsda Oʻzbekiston 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Jamoamizning gollariga Sadriddin Hasanov (31ʼ), Jamshidbek Rustamov (62ʼ) va Abubakir Shukurullayevlar (65ʼ) mualliflik qildi. Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi final bahsida mezbon Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Ushbu
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov va jamoa futbolchisi Sadriddin Hasanov KXDRga qarshi oʻyin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi. Islombek Ismoilov: — Raqibimiz bu bosqichga qadar yaxshi o‘yin namoyish etdi. KXDR yuksak jismoniy tayyorgarlikka ega jamoa. Ushbu jamoaning turnirdagi o‘yinlarini tahlil qilganimizda, 90 daqiqa davomida tinimsiz pressingda ishlayotganiga guvoh bo‘ldik. Bir qancha taktik
2010-yilda tugʻilgan futbolchilardan iborat Oʻzbekiston U-15 terma jamoasi 14-20-aprel kunlari Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Ayder Kurbayev boshqaruvidagi oʻsmirlarimiz yigʻin davomida bir qator nazorat uchrashuvlari oʻtkazishi rejalashtirilgan. Bosh murabbiy tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtayotgan Osiyo kubogining chorak final bahsida Birlashgan Arab Amirliklari bilan kuch sinashdi. Ushbu bahsda Oʻzbekiston 3:1 hisobida gʻalaba qozonib, musobaqa yarim finaliga yoʻl oldi. Jamoamizning gollariga Asilbek Aliyev (13ʼ, 36ʼ) va Sayfiddin Sodiqovlar (45+4ʼ) mualliflik qildi. Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi 17-aprel kuni yarim final bahsida maydonga