LegalityLens.com is the knowledge base of the legality status, laws, and regulations of steroids, cbd, cannabis, prostitution, modafinil, semaglutide, cryptocurrencies and much more. Find out if anything is legal or illegal in your country!

O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi Osiyo Kubogi 2-tur bahsida Vyetnamni mag’lub etdi va chorak final yo’llanmasini qo’lga kiritdi 🏆 U-17 Osiyo Kubogi Vyetnam 0:1 Oʻzbekiston Gol muallifi: Shodiyor Shodiboyev 25′. Oʻzbekiston chorak finalda Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi Uchrashuv 26-iyun kuni Bangkok shahrining “Tammasat” stadionida soat 19:00 da (Toshkent v.b.) start oladi

Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Tailand oʻtkazilayotgan U-17 Osiyo chempionatidagi ishtirokini boshladi. Dastlabki turda Jamoliddin Rahmatullayev jamoasi Yaponiyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda vakillarimiz durangga qayd etdilar. 🇯🇵 Yaponiya 1:1 Oʻzbekiston 🇺🇿 Gollar: Yutaka Michivaka 8ʼ, Amirbek Saidov 80ʼ.

O’zbekiston U-17 terma jamoasi Toshkentdagi yig’in doirasida “Bunyodkor” klubi o’rinbosarlar tarkibi bilan o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazdi. Qiziqarli oʻtgan uchrashuvda terma jamoamiz 2:3 hisobida mag’lub bo’ldi O’rtoqlik uchrashuvi: Oʻzbekiston U-17 2:3 “Bunyodkor” (o’rinbosarlar) Vakillarimizdan gollarga Aminbek Yokubov va Amirbek Saidov mualliflik qildi.

Oʻzbekiston o’smirlar terma jamoasi U-17 Osiyo Kubogi oldidan Malayziyada soʻnggi tayyorgarlik yigʻinini oʻtkazadi. Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari yigʻin doirasida malayziyalik tengdoshlariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadilar. Bahslar 6 va 8-iyun kunlari boʻlib oʻtadi. 6-iyun Malayziya – Oʻzbekiston 8-iyun Malayziya – Oʻzbekiston