Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi bugun Toshkentda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishdi. Sergey Chigodayev boshqaruvidagi o‘smirlarimiz yig‘inning ikkinchi qismida Xitoy mezbonlik qiladigan xalqaro oʻrtoqlik turnirida ishtirok etadi. Bosh murabbiy tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing
Bugun, Islombek Ismoilov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Boliviyaga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi va 1:0 hisobida g’alaba qozondi. Jamoamizning goliga, Azizbek Abdumo’minov (89′) mualliflik qildi.
Islom Ismoilov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Boliviyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etdi. Ushbu bahsda jamoamiz 0:2 hisobida magʻlubiyatga uchradi. Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Boliviyaga qarshi ikkinchi oʻrtoqlik oʻyinini 19-iyun kuni oʻtkazadi.
Bugun, 13-iyun kuni, Islombek Ismoilov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Chiliga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi va 2:1 hisobida g’alaba qozondi. Jamoamizning gollariga, Sadriddin Hasanov (10′) va Azizbek Abdumo’minov (60′) mualliflik qildi. Eslatib o‘tamiz, O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi 17 va 19-iyun kunlari Boliviyaga qashi o’rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi
Bugun, 11-iyun kuni, Islombek Ismoilov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Chiliga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi va 1:0 hisobida g’alaba qozondi. Jamoamizning goliga, Azizbek Erimbetov (35′) mualliflik qildi. Eslatib o‘tamiz, jamoalar o’rtasidagi ikkinchi bahs 13-iyun kuni o’tkaziladi.