O’zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichi uchrashuvlariga Toshkentda tayyorgarlik ko’rmoqda. Mahalliy klublardan chaqirilgan futbolchilardan tarkib topgan terma jamoamiz rejaga ko’ra “Bunyodkor” akademiyasi maydonida o’quv-mashg’ulot yig’ini olib bormoqda.
Avval xabar berganimizdek, Timur Kapadze murabbiyligi ostidagi O’zbekiston U19 terma jamoasi ayni kunlarda Toshkentda o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazmoqda. 13-avgustga qadar davom etadigan mazkur yig’inga murabbiylar shtabi 27 nafar futbolchini jalb etgan. Murabbiylar Denis Korostichenko, Sergey Chigodayev hamda Timur G’aniyev Timur Kapadzega ko’maklashib bormoqda. U19 Osiyo chempionatiga hozirlik ko’rayotgan terma jamoamizning bugungi mashg’ulotlari “To’qimachi” stadionida bo’lib o’tdi.
“Bunyodkor” akademiyasi maydonida o’tgan bugungi mashg’ulotlardan olingan fotosuratlarni taqdim etamiz.
Vadim Abramov boshchiligidagi O’zbekiston milliy terma jamoasi o’quv-mashg’ulot yig’inini boshladi. “Bunyodkor” akademiyasi maydonida o’tgan bugungi mashg’ulotlarda murabbiylar shtabi asosan tiklanish mashqlariga urg’u berdi. Bundan tashqari futbolchilar to’p bilan ham ishlashdi.
Xabaringiz bor, soʼnggi yillarda yurtimizda millionlar oʼyini boʼlgan futbol sport turini ommaviyligini oshirish, mamlakat futbolini sohada rivojlangan davlatlar bilan raqobatlasha oladigan darajaga olib chiqish boʼyicha qator amaliy ishlar tizimli ravishda yoʼlga qoʼyilib, bajarilib kelinmoqda. 2019-yil 4-dekabrda “Oʼzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident farmoni Oʼzbekistonda professional futbolni rivojlantirishning asosiy yoʼnalishlarini belgilab