Eron va BAAga qarshi o’rtoqlik uchrashuvlari oldidan Milliy jamoamizning oktyabr oyidagi o’quv-mashg’ulot yig’iniga start berildi. Chaqiruv olgan bir necha nafar futbolchi bugun MTJ ixtiyoriga kelib qo’shildi. Kun avvalida ular koronavirusga qon tahlili topshirdi. Tahlil natijalarga ko’ra hech bir futbolchida koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi. Shundan so’ng Vadim Abramov boshchiligidagi jamoamiz “Bunyodkor” akademiyasi maydonida mashg’ulot o’tkazdi. Rejaga ko’ra
O’zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichi uchrashuvlariga Toshkentda tayyorgarlik ko’rmoqda. Mahalliy klublardan chaqirilgan futbolchilardan tarkib topgan terma jamoamiz rejaga ko’ra “Bunyodkor” akademiyasi maydonida o’quv-mashg’ulot yig’ini olib bormoqda.
Avval xabar berganimizdek, Timur Kapadze murabbiyligi ostidagi O’zbekiston U19 terma jamoasi ayni kunlarda Toshkentda o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazmoqda. 13-avgustga qadar davom etadigan mazkur yig’inga murabbiylar shtabi 27 nafar futbolchini jalb etgan. Murabbiylar Denis Korostichenko, Sergey Chigodayev hamda Timur G’aniyev Timur Kapadzega ko’maklashib bormoqda. U19 Osiyo chempionatiga hozirlik ko’rayotgan terma jamoamizning bugungi mashg’ulotlari “To’qimachi” stadionida bo’lib o’tdi.
“Bunyodkor” akademiyasi maydonida o’tgan bugungi mashg’ulotlardan olingan fotosuratlarni taqdim etamiz.
Vadim Abramov boshchiligidagi O’zbekiston milliy terma jamoasi o’quv-mashg’ulot yig’inini boshladi. “Bunyodkor” akademiyasi maydonida o’tgan bugungi mashg’ulotlarda murabbiylar shtabi asosan tiklanish mashqlariga urg’u berdi. Bundan tashqari futbolchilar to’p bilan ham ishlashdi.