Free ebooks Library zlibrary project

Bilasiz, milliy chempionatimiz uchrashuvlariga muxlislar qiziqishini orttirish, stadionlarga muxlislar tashrifini koʼpaytirish, ishqibozlar oʼrtasida muxlislik madaniyatini yanada rivojlantirish boʼyicha qator saʼyi-harakatlar amalga oshirilmoqda. Bugun Namangan shahrida futbol ishqibozlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʼrinbosari, OʼFА Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, Oʼzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Аbramov hamda terma jamoamiz 

Batafsil

Bugun Namangan shahrida joylashgan Viloyat futbol mahorati maktabi tasarrufidagi “Yosh kuch” stadionida Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan hamkorlikda barpo etilgan yangi sunʼiy qoplamali maydonning ochilish marosimi oʼtkazildi. Katta tantana tarzida tashkil etilgan ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov, Jismoniy tarbiya va sport vazirning birinchi oʼrinbosari, OʼFA Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, Oʼzbekiston 

Batafsil

Server Jeparov boshchiligidagi Oʼzbekiston U-14 terma jamoasi har oy yigʼilib, nomzod futbolchilar harakatlari koʼzdan kechirilmoqda. Kecha navbatdagi oʼquv-mashgʼulot yigʼini start oldi. 2006-yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat terma jamoamiz 8-martga qadar “Chigʼatoy” stadionida mashgʼulotlar olib boradi. Server Jeparov bu galgi yigʼinga 24 nafar futbolchi chaqirdi. Quyida terma jamoamizning mashg’ulot jarayonidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:

Oldin xabar berganimizdek, Oʼzbekiston U-16 terma jamoasi poytaxtimizda oʼquv-mashgʼulot yigʼini olib bormoqda. Olim Shokirov ustozligidagi Oʼzbekiston oʼsmirlar terma jamoasi oʼquv-mashgʼulot yigʼini doirasida navbatdagi nazorat oʼyinini oʼtkazdi. “Bunyodkor-2003” tarbiyalanuvchilariga qarshi kechgan bahs “qaldirgʼochlar”ning 5:0 hisobidagi gʼalabasi bilan tugadi.   Oʼzbekiston U-16 – “Bunyodkor-2003” 0:5 Gollar: Mansur Muhamadjonov, 37 – 1:0. Аrtur Zakiev, 44 – 2:0. Umid 

Batafsil