Free ebooks Library zlibrary project

O’zbekiston milliy terma jamoasi BAAda o’tayotgan o’quv-mashg’ulot yig’ini doirasida Iroq vakillariga qarshi maydonga tushdi.

O’rtoqlik o’yining 38-daqiqasida raqib jarima maydonida Xojimat Erkinovga nisbatan qo’pollik ishlatildi va hakam Iroq darvozasi tomon penalti belgiladi. Doston Hamdamov 11 metrlik zarbani aniq amalga oshirdi va jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi.

Iroq vakili Mohanad Ali uchrashuvning 64-daqiqasida Abduvohid Ne’matovning xatosidan foydalanib hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo’limning so’nggi daqiqalarida Rustam Ashurmatov iroqlik hujumchisiga nisbatan jarima maydonchamiz ichida qo’pollik ishlatdi. Vaziyatga yaqin turgan hakam bu safar bizning darvozamiz tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi. Ali Adnan ushbu imkoniyatdan unumli foydalandi.

Shu tariqa “The Sevens” stadioni mezbonlik qilgan mazkur o’rtoqlik uchrashuvida Iroq vakillari 2-1 hisobida g’alaba qozondi.

Iroq 2-1 O’zbekiston

Gollar: Mohaned Ali 64′, Ali Adnan (pen.) 85′ – Doston Hamdamov (pen.) 39′

O‘zbekiston: Abduvohid Ne’matov, Azizjon Gʻaniyev, Rustam Ashurmatov, Islom Qobilov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Abror Ismoilov (Akmal Mozgovoy 68′), Lutfulla To‘rayev (Murod Xolmuhammedov 74′), Sanjar Qodirqulov (Oybek Bozorov 84′), Dostonbek Hamdamov (Jaloliddin Masharipov 68′), Hojimat Erkinov (Azizbek Turg‘unboyev 77′), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Shahboz Ubaydullayev 84′).

Zaxira: Botirali Ergashev, Javohir Ilyosov, Husniddin Aliqulov, Igor Golban, Jamshid Iskanderov, Bobir Abdixoliqov.

Iroq: Muhammad Hamid, Saad Notiq, Maitham Jabbor, Atiya, Alaa Mhavi (Muhammad Mustafo 46′), Amjad Attvan, Ali Adnan (Muhammad Rayed 90+2′), Humam Tariq (Mazin Fayyad 46′), Bashar Resan, Ibrohim Bayesh (Muhammad Mazxir 89′), Mohanad Ali.

Ogohlantirish: Islom Qobilov 77′