Tojikistonda davom etayotgan “CAFA U-15 Womenʼs Championship 2022” turniri doirasida Oʻzbekiston U-15 ayollar terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini oʻtkazdi. Vladimir Panov shogirdlari mazkur oʻyinda eronlik tengdoshlari bilan durangga imzo chekishdi. Eron 2:2 Oʻzbekiston Gollar: Mehribon Egamberdiyeva 28’, Diyora Baxtiyorova 35’, Parnia Rahmani 69’, 73’.
O’zbekiston U-15 ayollar terma jamoasi “CAFA U-15 Wo’men’s championship” musobaqasining ilk turida Tojikistonni yirik hisobda mag’lubiyatga uchratdi Oʻzbekiston 6:0 Tojikiston 80’ | Uchrashuv yakunlandi. Gollar: Mehribon Egamberdiyeva 3ta, Asalxon Aminjonova 2ta, Dilnura Mamatqulova.
Hindistonda davom etayotgan ayollar oʻrtasidagi U-17 Jahon chempionatida Edita Mirabidova navbatdagi o‘yinga tayinlov oldi. Edita Mirabidova musobaqaning chorak finalida AQSh – Nigeriya o‘yinida to‘rtinchi hakam sifatida ishlaydigan bo‘ldi. Mazkur oʻyin 21-oktabr kuni soat 16:00 da start oladi.
“CAFA U-15 Womenʼs Championship 2022” musobaqasining birinchi tur oʻyinlari oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda musobaqa tashkilotchilari tomonidan ishtirokchilarga turnirga oid ayrim masalalar yuzasidan tushuntirish va koʻrsatmalar berib oʻtildi. Eslatib oʻtamiz, jamoamiz turnirdagi ishtirokini ertaga Tojikistonga qarshi oʻyin bilan boshlaydi.
Oʻzbekiston U-15 ayollar terma jamoasi “CAFA U-15 Women’s Championship 2022” turnirida ishtirok etish uchun Dushanbega jo’nab ketdi. Jamoamiz musobaqadagi ishtirokini 21-oktyabr kuni Tojikistonga qarshi oʻyin bilan boshlaydi. Taqvim bilan tanishing: