Bugun Tojikistonda 19 yoshgacha bo‘lgan futzalchi qizlar o‘rtasida Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi chempionati boshlandi. Ilk o‘yinda o‘zbekistonlik futzalchi qizlar Turkmaniston bilan bahs olib borishdi va 4:1 hisobida g‘alabaga erishishdi. CAFA U-19 Girls’ Futsal Championship 2020 1-tur O‘zbekiston – Turkmaniston 4:1 Gollar: Shaxnoza Qurbonova (6), Laylo Shodiyeva (33, 33), Nozimaxon Ergasheva (11) – Mariya Chorieva
Bugun, 18-yanvar kuni futzal bo‘yicha O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi poytaxtimizda yig‘inga kirishdi. Rustam Aripov boshchiligidagi terma jamoamiz ilk mashg‘ulotini “Bunyodkor” akademiyasi zalida olib bordi. Ta’kidlab o‘tamiz, 24-29-yanvar kunlari Tojikistonda 19 yoshgacha bo‘lgan futzalchi qizlar o‘rtasida Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi chempionati bo‘lib o‘tadi. Terma jamoamiz mazkur musobaqada ishtirok etadi. 22-yanvar sanasida terma jamoamiz Dushanbega yo‘l