Shu kunlarda Toshkentda yigʻin oʻtkazayotgan Oʻzbekiston U17 ayollar terma jamoasi Qirgʻiz Respublikasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Bahslar 14-16-dekabr kunlari “Chigʻatoy” maydonida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlari. U17 ayollar terma jamoasi 14-dekabr Oʻzbekiston – Qirgʻiz Respublikasi 16-dekabr Oʻzbekiston – Qirgʻiz Respublikasi
Bugun Oʻzbekiston U-17 ayollar terma jamoasi Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinini boshladi. Ushbu terma jamoani Vladimir Panov boshchiligidagi murabbiylar shtabi boshqarib bormoqda.
Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi Vengriyadagi yigʻinlarini boshladi. Midori Honda shogirdlarining bugungi mashgʻulotlari mahalliy “Sárvár” klubiga tegishli maydonda boʻlib oʻtdi. Mashgʻulotlardan olingan fotosuratlar bilan tanishing:
Toshkent shahrida 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati yakunladi. Qiziqarli oʻtgan musobaqaning hal qiluvchi oʻyinida AGMK qizlari “Sevinch” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Oʻyinning asosiy vaqtida 3:3 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. Shundan keyin jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat qilishdi. Unda olmaliqlik qizlar gʻalaba qozonishdi. Shu tariqda AGMK jamoasi 16 yoshgacha qizlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatida bosh sovringa ega chiqdi.
Toshkent shahrida davom etayotgan 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatining play off bahslari yakunladi.