Free ebooks Library zlibrary project

Bugun Oʻzbekiston U20 ayollar terma jamoasi Toshkentda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini boshlaydi. Ilhom Xanjariyev jamoasi 11-iyulga qadar Toshkentda mashgʻulot oʻtkazadi. Yigʻinning ikkinchi qismi Minskda davom ettiriladi hamda Belarusga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkaziladi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi ham 6-11-iyul Toshkentda, 12-19-iyul kunlari Minskda yigʻin oʻtkazadi. Midori Honda shogirdlari Belarus ayollar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadilar.

Xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlari

📌 Ayollar milliy terma jamoalari
📆 14,17-iyul
Belarus – Oʻzbekiston

📌 U20 ayollar terma jamoalari
📆 15,18-iyul
Belarus – Oʻzbekiston

Ushbu yigʻinlarga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibi bilan tanishing.