Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida noyabr oyida Vengriya poytaxti Budapesht shahrida yigʻin oʻtkazadi. Midori Honda shogirdlari mazkur yigʻin doirasida Vengriya ayollar terma jamoasi bilan ikkita oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. 11-noyabr 🇭🇺 Vengriya — Oʻzbekiston 🇺🇿 15-noyabr 🇭🇺 Vengriya — Oʻzbekiston 🇺🇿
Bugun Toshkent shahrida 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida O’zbekiston chempionatining mintaqaviy bosqich o‘yinlariga start berildi. Mazkur musobaqada Toshkent shahri va viloyatlardan jami 8 ta jamoa ishtirok etib, ulardan eng kuchli 2 ta jamoa Buxoro shahrida bo’lib o’tadigan musobaqaning final bosqichiga yo‘llanmani qo’lga kiritishadi. Bahslar 3-7-oktyabr kunlari “Chig’atoy” stadionida o’tkaziladi.
Unga koʻra, Oʻzbekistonning “Soʻgʻdiyona-W” jamoasi Gʻarbiy mintaqa chempioni sifatida eʼtirof etildi. Eslatib oʻtamiz, Jizzax shahri jamoasi Eronning “Bam Hatun” klubi bilan ikkita oʻyin (1:1 va 1:0) oʻtkazib, Gʻarbiy mintaqa jadvalida peshqadamga aylangan edi. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi “Soʻgʻdiyona-W” jamoasini Osiyo chempionatining mintaqa gʻolibligi bilan tabriklaydi.
2-sentyabr Oʻzbekiston 0:1 Belarus Gollar: Nastasiya Yauzrezava 18′. 5-sentyabr O’zbekiston 1:5 Belarus Gollar: Nastasiya Yauzrezava 32′, 46′, Hanna Skrihanava 50′, 67′, Tatyana Nestsikovich 78′, Leyla Rustullayeva 89′.
Toshkentdagi mashgʻulotlar 6-sentyabrga qadar davom etadi. Yigʻinning keyingi qismi esa Yaponiyada davom ettiriladi. Vakilalarimiz xorijdagi yigʻin doirasida bir nechta jamoalar bilan o’rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan. 9-sentyabr “JEF United Ladies” — Oʻzbekiston 11-sentyabr Klublardan tashkil topgan terma jamoa — Oʻzbekiston 13-sentyabr “Inak Kobe Leonessa” — Oʻzbekiston Bosh murabbiy Midori Honda tomonidan mazkur yigʻinga jalb etilgan