Oʻzbekiston ayollar milliy terma 3 ta oʻyinda 9 ochko jamgʻarib, turnirda peshqadam boʻlib turipti. Keyingi pogʻonada Eron ayollar terma jamoasi bormoqda. Ushbu jamoa ham oʻtkazgan barcha uchrashuvlarida gʻalaba qozonib, ochkolari sonini 9 taga yetkazib olgan. Ertaga ushbu ikki jamoa oʻzaro oʻyin oʻtkazadilar. Mazkur oʻyin natijasiga koʻra, turnir gʻolibi aniqlanadi. Oʻzbekiston — Eron 20.07.2022 19:00
Midori Honda: — Milliy terma jamoalar uchun ilk bor oʻtkazilayotgan ushbu turnirni intiqlik bilan kutdik, boisi turnirda ishtirok etish har bir jamoa uchun foydali boʻlishiga ishonchim komil. — Bosh murabbiy etib tayinlanganimdan buyon Turkiyada yigʻin oʻtkazdik va u yerda oʻrtoqlik turnirida ishtirok etdik. Shuningdek, AQSh termasiga qarshi 2 ta safar oʻyinini oʻtkazdik. Oʻylashimcha, bu boradagi
Oʻzbekiston U-17 ayollar terma jamoasi Moʻgʻulistonda oʻtgan turnir gʻolibiga aylandi. Bugun Ilhom Xanjariyev boshqaruvidagi jamoamiz soʻngi tur doirasida Singapurga qarshi maydonga tushib, yirik hisobda zafar qozondi. 🇸🇬 Singapur 0:5 Oʻzbekiston 🇺🇿 Gollar: Leyla Rustullayeva 3ʼ, 13ʼ, Leyla Oraniyozova 14ʼ, Mehribon Egamberdiyeva 20ʼ, Ruhshona Saydabossova 86ʼ.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasining “Grassroots” dasturi boʻyicha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan bugun Jizzax viloyati Jizzax shahri yong‘in xavfsizligi maydonida 10-12 yoshli oʻgʻil va qizlar bolalar oʻrtasida futbol festivali oʻtkazildi.
24-28-may kunlari Oʻzbekiston U-17 ayollar terma jamoasi Moʻgʻulistonning Ulan-Bator shahrida ayollar oʻrtasidagi turnirda ishtirok etadi. Mazkur musobaqada jamoamiz Moʻgʻuliston, Singapur va Malayziya terma jamoalari bilan kuch sinashadi. 24-may | 13:00 Moʻgʻuliston — Oʻzbekiston 26-may | 09:30 Oʻzbekiston — Malayziya 28-may | 09:30 Singapur — Oʻzbekiston