Free ebooks Library zlibrary project

U-23 Osiyo chempionati yarim finalida Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston qarama-qarshiligi kuzatiladi.

O‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich quyidagicha fikr bildirdi:

– Biz uchun hal qiluvchi o‘yin. Yarim finalda yaxshi jamoalar yig‘ilgan. Saudiya Arabistoni jismonan kuchli terma jamoa. Taktik jihatdan va tezlik borasida ham ular kuchli. Bizda yana bir kun qoldi tayyorgarlik uchun.

Raqibda dam olishga bir kun ko‘p vaqt bo‘ldi. Ha bu muhim. Lekin biz shifokorlar bilan maslahatlshib jamoani tiklay olishimizga ko‘zim yetmoqda. Hammasi joyida. Biz tayyormiz.

Saudiyaliklar yaxshi taassurot qoldirmoqda. Biz ham shunga yarasha taktika tanlaymiz. Avvalgi o‘yinda rostdan ham o‘yinning barcha aspektlari ijobiy kechdi. Bu safar ham shunga intilamiz. Hisob balki bunday yirik bo‘lmas. Har qanday vaziyatga tayyor bo‘lishimiz kerak. Balkim o‘yin taqdirini 1 yoki 2 ta gol hal qilar.

Imkoniyatlar futbolchilarning barchasida 50/50 deb o‘ylayman. Asosiy tarkibni ertaga ularning jismoniy holatidan kelib chiqib tanlaymiz. Qaysi futbolchi tayyor bo‘lsa o‘sha o‘ynaydi.

Shogirdlarim finalga chiqishga kuchim yetadi. Orzuimiz Olimpiadaga chiqish. Bunga erishish yo‘lida borimizni beramiz. O‘zbekiston futboli uchun bu tarixiy natija bo‘ladi.

Biz to‘rtta o‘yinda deyarli bir xil tarkib bilan o‘ynadik. Ammo saudiyaliklar ham huddi shunday ishlashmoqda. Men bor umidim futbolchilarimdan. Zarur natijaga erishish ularning qo‘lidan keladi, – dedi tajribali mutaxassis.