Free ebooks Library zlibrary project

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ashxobodda o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

Ayni paytda terma jamoamiz Bokuda yig’in o’tkazmoqda. Bugun futzalchilarimiz Ozarbayjon terma jamoasi bilan bahs olib bordi. Uchrashuvda 2:3 hisobi qayd etildi.

 

Ozarbayjon – O’zbekiston 2:3

Gollar: Oliveyra da Nasimento Vassora (24), Eshag’ So’rg’ali (36) – Dilshod Rahmatov (3), Ixtiyor Ropiev (5), Akbar Usmonov (29).

O’zbekiston: Ravshan Eliboev, Mashrab Odilov, Dilshod Rahmatov, Akbar Usmonov, Sunatulla Jo‘raev.

Zaxiradan tushganlar: Rustam Umarov, Anasxon Raxmatov, Ixtiyor Ropiev, Ilhom Hamroev, Husniddin Nishonov, Ravshan Ismatullaev, Konstantin Sviridov, Javlon Anorov, Abdulla Solihov, Xushnur Erkinov.