Bilasiz, O‘zbekiston futzal terma jamoamiz Tailandda tashkil etilayotgan “Continental” xalqaro turnirida ishtirok etmoqda.

Bugun Bangkokdagi “Show DC” majmuasida Bahodir Ahmedov shogirdlari Mozambik futzalchilari bilan kurash olib bordi. Futzal terma jamoamizning to‘liq ustunligida o’tgan bahs 10:0 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvda Akbar Usmonov va Ixtiyor Ropiyev dubl qayd etgan bo’lsa, Ilhomjon Hamroyev, Anasxon Rahmatov, Elbek To‘lqinov, Xushnur Erkinov, Dilshod Rahmatov va Muzaffar Ahadjonov bittadan golga mualliflik qildi.

“Continental” xalqaro turniri

Mozambik – O‘zbekiston 0:10

Gollar: Ilhomjon Hamroyev, Akbar Usmonov 2, Anasxon Rahmatov, Ixtiyor Ropiyev 2, Elbek To‘lqinov, Xushnur Erkinov, Dilshod Rahmatov, Muzaffar Ahadjonov