Bugun O’zbekiston futzal terma jamoasi “Continental” xalqaro turnirining guruh bosqichidagi 3-tur o’yinini o’tkazdi.

Musobaqa mezbonlari – Tailand vakillariga qarshi bahsda futzalchilarimizga omad yetishmadi. Hisobda oldinda borayotgan terma jamoamiz uchrashuvning so’nggi daqiqalarida ketma-ket ikkita gol o’tkazib yubordi va g’alabani qo’ldan boy berdi.

Yakunda Bahodir Ahmedov shogirdlari A guruhida ikkinchi o’rinni egalladi. Futzalchilarimiz 29-iyul kungi yarimfinal uchrashuvida B guruhi g’olibi Eron vakillariga qarshi bahs olib boradi.

Tailand 4-3 O’zbekiston

Gol muallifi: Suphavut Tueanklang 11′, 26′, Jetsada Chudech 26′, Vorasak Srirangpirot 40′ – Jetsada Chudech 4′ (avtogol),  Husniddin Nishonov 19′, Davron Choriyev 28′