Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi ertaga “Continental” xalqaro turnirining yarim final uchrashuvini o’tkazadi.

Tailandda tashkil etilayotgan musobaqaning guruh bosqichida futzalchilarimiz Kosovo va Mozambik vakillarini mag’lub etib, Tailandga qarshi so’nggi tur bahsida imkoniyatni boy berib qo’ydi va A guruhida ikkinchi o’rinni egalladi.

Ertangi uchrashuvda vakillarimiz Eron futzal terma jamoasi bilan final yo’llanmasi uchun kurash olib boradi. Bangkok shahridagi “Show DC” majmuasida bo’lib o’tadigan bahs yurtimiz vaqti bilan soat 11.30 da start oladi.

“Continental” xalqaro turniri

Yarim final. 29.07.2021

11:30 | Eron – O’zbekiston