Free ebooks Library zlibrary project

Kuni kecha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining O‘FA Prezidentligi, Vitse-prezidentligi hamda Ijroiya qo‘mita a’zoligi uchun saylov Kongressiga tayyorgarlik ko’rish va o‘tkazilish tartibini belgilash masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidagi masala O‘FA ustaviga asosan Ijroiya qo‘mita vakolat doirasiga kirishi munosabati bilan Qo‘mita a’zolari tomonidan muhokama etildi.

Qo‘mita a’zolari tomonidan mazkur masala yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflar tinglandi va O‘FAning navbatdagi saylov Kongressini 2021-yil 25-sentabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilishi ma’qullandi.