Free ebooks Library zlibrary project

O’zbekiston futzal terma jamoasi bugun “Continental” xalqaro turniridagi ishtirokini boshladi. Bangkok shahridagi “Show DC” markazida o’tgan 1-turda terma jamoamizga Kosovo vakillari raqiblik qildi.

Bahodir Ahmedov shogirdlari uchrashuvni o’ziga hos ishtiyoq bilan boshladi va dastlabki daqiqalardanoq Davron Choriyev raqib darvozasini ikki bor ishg’ol etdi.

Biroq Salihu Meriton va Mergim Dervishaj tomonidan kiritilgan gollar evaziga kosovoliklar 3-2 hisobidagi ustunlikka ega bo’ldi. Bo’lim yakunida esa Dilshod Rahmatov penaltini aniq amalga oshirdi va hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo’limda futzalchilarimiz o’yin tizgini qo’lga oldi. Ixtiyor Ropiyevning goli jamoamizni oldinga olib chiqqan bo’lsa, Xushnur Erkinov va Davron Choriyev tomonidan kiritilgan gollar g’alabani naqd qildi.

“Continental” xalqaro turniri, 1-tur

O’zbekiston 6-3 Kosovo

Gollar: Davron Choriyev 1′, 2′, 37′, Dilshod Rahmatov 18′, Ixtiyor Ropiyev 22′, Xushnur Erkinov 36′ – Salihu Meriton 6′, Mergim Dervishaj 8′, 17′