Xabaringiz bor, soʼnggi yillarda yurtimizda millionlar oʼyini boʼlgan futbol sport turini ommaviyligini oshirish, mamlakat futbolini sohada rivojlangan davlatlar bilan raqobatlasha oladigan darajaga olib chiqish boʼyicha qator amaliy ishlar tizimli ravishda yoʼlga qoʼyilib, bajarilib kelinmoqda. 2019-yil 4-dekabrda “Oʼzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident farmoni Oʼzbekistonda professional futbolni rivojlantirishning asosiy yoʼnalishlarini belgilab 

Batafsil

Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi U16 O’zbekiston terma jamoasining navbatdagi o’quv-mashg’ulot yig’ini davom etmoqda. Bugun o’smirlarimiz “Bunyodkor-2” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Abduqodir Xusanov, Alisher Xayrullayev va Sardor Xojiboyev tomonidan kiritilgan gollar terma jamoamiz vakillariga 4-2 hisobidagi g’alabani taqdim etdi. Nazorat uchrashuvi U16 O’zbekiston 4-2 “Bunyodkor-2” Gollar: Abduqodir Xusanov (3′, 41′), Alisher Xayrullayev (26′), Sardor 

Batafsil

Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib borayotgan U16 O‘zbekiston terma jamoasi nazorat uchrashuvida “Bunyodkor-2003” vakillariga qarshi maydonga tushdi. “Bunyodkor” akademiyasi maydonida o‘tgan bahsda o‘smirlar terma jamoasi 2-0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Sardor Xojiboev hamda Rustam Turdimurodov mualliflik qildi. Nazorat uchrashuvi U16 O’zbekiston 2-0 “Bunyodkor-2003” Gol: Sardor Xojiboyev, Rustam Turdimurodov

O’zbekiston U19 terma jamoasi Toshkentda o’tayotgan o’quv-mashg’ulot yig’ini doirasida Birinchi liga klubi bilan nazorat uchrashuvi o’tkazdi. Timur Kapadze murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz “Chig’atoy” bazasida Toshkentning “Neftgazmontaj” klubiga qarshi maydonga chiqdi. Asliddin Toshtemirov tomonidan kiritilgan yagona gol yakunda O’zbekiston U19 vakillariga g’alaba olib keldi. O’zbekiston U19 1-0 “Neftgazmontaj” Gol: Asliddin Toshtemirov