Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 20-aprel kuni O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogi 2-turi doirasida Kuvayt olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 32-daqiqasida Alibek Davronov bosh bilan supergol kiritib, hisobni ochdi. 49-daqiqada esa Muhammadqodir Hamraliyev Jasur Jaloliddinovning uzatmasidan so’ng raqib darvozasini ishg’ol qildi. 54-daqiqada Hojimat Erkinov tezkor qarshi hujumni gol bilan yakunladi.

86-daqiqada esa Diyor Xolmatov penaltidan gol kiritgan bo’lsa, jamoamizning 5-goliga Husain Norchayev mualliflik qildi. Shu tariqa O’zbekiston U-23 terma jamoasi muddatidan avval Osiyo kubogi chorak finaliga yo’l oldi.

Timur Kapadze boshqaruvidagi jamoamiz navbatdagi uchrashuvini 23-aprel kuni Vyetnam terma jamoasiga qarshi o’tkazadi.