Free ebooks Library zlibrary project

Timur Kapadze va bugungi oʻyinning eng yaxshi futbolchisi Hojimat Erkinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Timur Kapadze:
Barchani bugungi gʻalaba bilan tabriklayman. Muhim oʻyinda 3 ochkoni qoʻlga kiritdik. Qoʻllab-quvvatlagan barcha muxlislarimizga rahmat aytaman.

Oʻtkazilgan 2 oʻyinning farqi
Har doim birinchi oʻyinlar qiyin kechadi. Bugun ham oson oʻyin boʻlgani yoʻq. Raqib himoyada yaxshi harakatlandi. Biroq biz ham yetarlicha qarshilik koʻrsatib gʻalaba qozondik. Endilikda keyingi uchrashuvlarga e’tiborimizni qaratib, tayyorgarlikni davom ettirishimiz kerak.

Vyetnamga qarshi oʻyin va keyingi bosqich haqida
Biz uchun har bir oʻyin muhim. Barcha futbolchilar oʻyinga tayyor boʻladi. Ishlashda va tayyorgarlik koʻrishda davom etamiz.

Keyingi bosqichda kim bilan oʻynashimiz – buni albatta vaqt koʻrsatadi. Nasib boʻlgani boʻladi. Bizning oʻz maqsadimiz bor, shu yoʻlda tayyorgarlikni davom ettiramiz.

Hojimat Erkinov:
Bizni stadiondan va televizor ortidan qoʻllab-quvvatlagan barcha yurtdoshlarimizga rahmat. Gʻalaba bilan tabriklayman. Oʻyinga kelsak, birinchi boʻlimda raqib himoya yaxshi harakatlandi. Zich oʻynadi. Ikkinchi boʻlimda biz koʻproq imkoniyat yaratib, hisobni yiriklashtira oldik.

Keyingi bosqichdagi raqib haqida
Murabbiyimiz ta’kidlaganidek, biz tayyorgarlikda davom etamiz, kim bilan oʻynashimiz hozirda ma’lum emas. Shu sababli bu haqida oʻymasdan, oʻz maqsadimiz yoʻlida ishlashda davom etishimiz kerak.