Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 23-aprel kuni O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogi 3-turi doirasida Vyetnam olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 4-daqiqasida Alisher Odilov ajoyib kombinatsiyadan so’ng gol urib, hisobni ochdi. 34-daqiqada esa Ruslanbek Jiyanov Vyetnam darvozasini ishg’ol qilgan bo’lsa, 39-daqiqada Alisher Odilov bosh bilan gol kiritib, dublni rasmiylashtirdi.

Shu tariqa O’zbekiston U-23 terma jamoasi “B” guruhida 1-o’rinni egallab, Osiyo kubogi chorak finaliga yo’l oldi.

Timur Kapadze boshqaruvidagi jamoamiz navbatdagi uchrashuvini 26-aprel kuni Saudiya arabistoni terma jamoasiga qarshi o’tkazadi.