Free ebooks Library zlibrary project

O’zbekiston milliy terma jamoasi Iroqqa qarshi o’rtoqlik uchrashuvi oldidan tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. Bugungi mashg’ulotlar ham “Iranian Club” SM maydonida bo’lib o’tdi va unda barcha futbolchilar ishtirok etdi. Futbolchilarda jarohat yo’q va jamoaning barcha a’zolari yaxshi jismoniy holat bilan umumiy guruhda Iroqqa qarshi o’yinga hozirlik ko’rmoqda.

Vadim Abramov boshchiligidagi O’zbekiston milliy terma jamoasi BAAdagi o’quv-mashg’ulot yig’inini davom ettirmoqda. Jamoa vakillari bugundan Iroqqa qarshi o’rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlikni boshladi. Murabbiylar shtabi kecha Suriyaga qarshi o’yinda maydonga tushgan futbolchilarga yengil yuklamalar berdi va ular mashg’ulotlarni alohida bo’lib o’tkazdi. Xitoyning “Shenyang Urban” klubida to’p surayotgan hamyurtimiz Islom To’xtaxo’jayev bugundan Milliy jamoamiz mashg’ulotlarida to’laqonli ishtirok etdi. 

Batafsil

O’zbekiston milliy terma jamoasi BAAda o’tayotgan o’quv-mashg’ulot yig’ini doirasida dastlabki o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazdi. “Sharja” stadioni mezbonlik qilgan mazkur bahsda Milliy jamoamiz a’zolari Suriya vakillariga qarshi maydonga chiqdi. Ikkinchi bo’lim avvalida Mahmud Al Mavas tomonidan Abduvohid Ne’matov qo’riqlayotgan darvozaga kiritilgan yagona gol yakunda Suriyaga 1-0 hisobidagi g’alabani taqdim etdi. Xalqaro o’rtoqlik uchrashuvi Suriya 1-0 O‘zbekiston Gol: 

Batafsil