Free ebooks Library zlibrary project Bitcore Vision

Bugun, 28-aprel kuni O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Osiyo kubogining 3-o’rin uchun bellashuvida Tojikistonga qarshi maydonga tushdi va penaltilar seriyasiga ko’ra g’alaba qozondi – 3:1.

Uchrashuv vakillarimizning ustunligi ostida o’tdi. 2-daqiqada Husniddin Nishonovning uzatmasidan so’ng hisobni ochdi. 5-daqiqada Elbek To’lqinov, farqni ikkitaga oshirdi. 10-daqiqada raqib futbolchisi Samandar Rizomov hisobni qisqartirdi – 2:1.

Ikkinchi bo’limda jamoalar yaxshi o’yin namoyish etdi. 22-daqiqada Komron Aliyev hisobni tenglashtirdi. 24-daqiqada Mehroj Xudoyberdiyev tezkor qarshi hujumni gol bilan yakunladi va jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi. 27-daqiqada Ixtiyor Ropiyev penaltidan gol kiritib, oradagi farqni ikkitaga yetkazdi. 30 va 34-daqiqada Samandar Rizomov yana ikkita gol urib, muvozanatni tikladi. 35-daqiqada esa Umid Kuziyev Tojikistonni hisobda oldinga olib chiqdi. 39-daqiqada Ixtiyor Ropiyevning uzatmasidan so’ng, Akbar Usmonov gol urib, hisobni tenglashtirdi – 5:5.

Penaltilar seriyasida vakillarimiz 3:1 hisobida g’alaba qozonib, 2024-yilgi futzal bo’yicha Osiyo kubogining bronza medallarini qo’lga kiritdi.

Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi jamoamiz ketma-ket 3-bor Osiyo kubogida 3-o’rinni qo’lga kiritdi.