Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes uchrashuvdan soʼng matbuot anjumanida ishtirok etdi

— O‘yinning borishi juda o‘zgaruvchan bo‘ldi. 2:0 hisobida oldinda borayotgan vaqtimizda, 3-golni urishimiz va o‘yin taqdirini hal qilishimiz kerak edi. Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik va Tojikiston hatto g‘alaba qozonishi ham mumkin edi. Biroq penaltilar seriyasida adolat tantana qildi va biz bugun g‘alabaga haqliroq edik.

Osiyo kubogida g‘olib bo‘lish uchun yetishmagan jihat haqida
— Jahon chempionati oldidan ko‘p jihatlarimizni yaxshilashimiz va yanada ko‘proq mehnat qilishimiz kerak. Ba’zida taktik tayyorgarlikdan ko‘ra ruhiy tayyorgarlik muhimroq bo‘ladi. Chunki Eronga qarshi bahsda aynan shu omil bizga pand berdi. Yigitlar ma’lum vaqt konsentratsiyani yo‘qotishdi. Barchaga birdek munosabatni saqlab qolishimiz kerak. Bu g‘alaba uchun eng muhim elementlardan biri.

Tojikiston terma jamoasi va bugungi bahs haqida
— Tojikiston terma jamoasi ushbu turnirga juda yaxshi tayyorlangan va o‘yin jihatdan ancha o‘sishga erishgan. Ayniqsa guruhda 1-o‘rinni egallab, chorak finalga yo‘l olganidan so‘ng, ruhiy tomondan ham o‘sgan. Ular hech qachon taslim bo‘lishmaydi, oxirigacha jang qilishadi va juda raqobatbardosh jamoa. Motivatsiyamiz bo‘lmagani sababli nazoratni yo‘qotdik, ayrim vaziyatlarda futzalchilarimiz xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Avvalgi uchrashuvlardagi g‘alabalarimiz va bugungi yutug‘imiz o‘rtasida juda katta farq bor.

Murabbiy jamoada nimalarni o‘zgartirgani haqida
— Jamoaga kelganimdan so‘ng bir qancha taktik o‘zgarishlar qildim. Jamoaga yangi sxemalarni kiritdim, lekin men uchun eng muhimi, jamoamiz turli vaziyatlarga qanday munosabatda bo‘lishlari, o‘yinni nazorat qilishlarida. O‘ylaymanki, bu biz yaxshilashimiz kerak bo‘lgan eng katta muammo, chunki o‘yinni nazorat qilish uchun umuman xatolarga yo‘l qo‘ymaslik lozim.