Free ebooks Library zlibrary project

Bilasiz, joriy yilning 14-sentyabr – 6-oktyabr kunlari Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlari futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Mundialning qur’a tashlash marosimi 26-may sanasida bo‘lib o‘tishi belgilandi. Qur’a tashlash marosimi ko‘xna va qadimiy Samarqand shahridagi Registon maydonida tashkil etiladi.

Unda Jahon chempionati-2024ning 24 ta ishtirokchi terma jamoalari o‘z guruhlarini bilib olishadi.
Tartib bo‘yicha 10-futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga aylanadigan mazkur katta sport tadbiri Markaziy Osiyoda ilk bora o‘tkazilsa, Osiyo qit’asida esa to‘rtinchi mundial sifatida tarixdan o‘rin oladi.