Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

Superliga
“Bunyodkor” — “Dinamo plyus”

Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Dinamo plyus” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Tohir To‘xtasinov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Tohir To‘xtasinovga (Bunyodkor) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Lokomotiv” — “Andijon”

Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Andijon” uchrashuvining 90+2 daqiqasida “Andijon” futbol klubi futbolchisi Sardor Azimov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sardor Azimovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Paxtakor” — “So‘g‘diyona”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Paxtakor” — “So‘g‘diyona” uchrashuvi komissarining ogohlantirishiga qaramay “Paxtakor” jamoasi a’zolari tanaffus vaqtida maydonga belgilangan vaqtdan kech chiqqanligi, bu bilan turnir “Superliga va Pro liga reglamenti”ning 16.2-bandida belgilangan tartibga rioya qilmagani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Paxtakor” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Dinamo plyus” — “Metallurg”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Dinamo plyus” — “Metallurg” uchrashuvining 65-daqiqasida “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Sanjar Shoahmedov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sanjar Shoahmedovga (Dinamo) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Paxtakor” — “So‘g‘diyona”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Paxtakor” — “So‘g‘diyona” uchrashuvining 65-daqiqasida “So‘g‘diyona” futbol klubi futbolchisi Lyupche Doriyev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Lyupche Doriyevga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

OKMK — “Bunyodkor”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi OKMK — “Bunyodkor” uchrashuvining 66-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi murabbiyi Anvar Gʻofurov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Anvar Gʻofurovga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon”— “Nasaf”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Andijon”— “Nasaf” uchrashuvining 42-daqiqasida “Nasaf” futbol klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev yon hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ro‘ziqul Berdiyevga (Nasaf) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Metallurg” — “Sirdaryo FA”

O‘zbekiston Kubogi 1-turi doirasidagi “Metallurg” — “Sirdaryo FA” uchrashuvining 14-daqiqasida “Metallurg” futbol klubi futbolchisi Mirg‘iyos Sulaymonov simulyasiya uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Mirg‘iyos Sulaymanovga (Metallurg) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik” — “Neftchi”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Olimpik” — “Neftchi” uchrashuvining 78-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Botirali Ergashev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Botirali Ergashevga (Neftchi) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Olimpik” — “Neftchi” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Olimpik” futbol klubi futbolchisi Akbar Abdirasulov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Akbar Abdirasulovga (Olimpik) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Olimpik” — “Neftchi” uchrashuvining 90+11-daqiqasida “Olimpik” futbol klubi futbolchisi Jaloliddin Sodiqov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jaloliddin Sodiqovga (Olimpik) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekiston kubogi
“Lokomotiv” — “Zomin”

O‘zbekiston Kubogi 1-turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Zomin” uchrashuvining 85-daqiqasida “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Abdulazizxon Abdurashidov yon hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdulazizxon Abdurashidovga (Lokomotiv) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Bunyodkor” — “Sho‘rtan”

O‘zbekiston Kubogi 1-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 66-daqiqasida “Sho‘rtan” futbol klubi futbolchisi Ulug‘bek Xudoyberdiyev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ulug‘bek Xudoyberdiyevga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Bunyodkor” — “Sho‘rtan”

O‘zbekiston Kubogi 1-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 71-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchilari Amir To‘raqulov hamda Suhrob Izzatovlar bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Amir To‘raqulovga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi, shuningdek, Suxrob Izzatovga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Nasaf” — “Navbahor lochinlari”

O‘zbekiston Kubogi 1-turi doirasidagi “Nasaf” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining tanaffus vaqtida “Nasaf” futbol klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ro‘ziqul Berdiyevga (Nasaf) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Do‘stlik Toshkent” – “Sirdaryo FA”

O‘zbekiston Kubogi 3-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” – “Sirdaryo FA” uchrashuvining 83-daqiqasida “Do‘stlik Toshkent” futbol klubi futbolchisi A. O‘rinboyev raqib o‘yinchisining ko‘krak qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Asrorbek O‘rinboyevga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Dinamo plyus” — “Navbahor lochinlari”

O‘zbekiston Kubogi 3-turi doirasidagi “Dinamo plyus” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 80-daqiqasida “Dinamo plyus” futbol klubi futbolchisi Fransis Narx bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Fransis Narxga (Dinamo plyus) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon” — “Nasaf”

O‘zbekiston Kubogi 3-turi doirasidagi “Andijon” — “Nasaf” uchrashuvining 80-daqiqasida “Nasaf” futbol klubi futbolchisi Murodbek Raxmatov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Murodbek Raxmatovga (Nasaf) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon” — “Dinamo plyus”

O‘zbekiston Kubogi 1-turi doirasidagi “Andijon” — “Dinamo plyus” uchrashuvining 77-daqiqasida “Andijon” futbol klubi futbolchisi Bektemir Abdumannonov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilangan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Bektemir Abdumannonovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Neftchi” — “Metallurg”

O‘zbekiston Kubogi 3-turi doirasidagi “Neftchi” — “Metallurg” uchrashuvining 35-daqiqasida “Metallurg” futbol klubi futbolchisi Rahimjon Davronov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Rahimjon Davronovga (Metallurg) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon” — “Dinamo plyus”

O‘zbekiston Kubogi 1-turi doirasidagi “Andijon” — “Dinamo plyus” uchrashuvida “Andijon” futbol klubi muhlislari tomonidan maydon va futbolchilar tomonga turli buyumlar uloqtirilgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Andijon” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“So‘g‘diyona” — “Jizzax”

O‘zbekiston Kubogi 2-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Jizzax” uchrashuvining 80-daqiqasida “So‘g‘diyona” futbol klubi futbolchisi Vladimir Yovovich bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Vladimir Yovovichga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“So‘g‘diyona” — “Jizzax”

O‘zbekiston Kubogi 2-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Jizzax” uchrashuvining 88-daqiqasida “So‘g‘diyona” futbol klubi futbolchisi Jasurbek Yoqubov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jasurbek Yoqubovga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik” — “Lokomotiv BFK”

O‘zbekiston Kubogi 2-turi doirasidagi “Olimpik” — “Lokomotiv BFK” uchrashuvining 52-daqiqasida “Lokomotiv BFK” jamoasi futbolchisi Otabek Turobov to‘psiz vaziyatda raqib o‘yinchisini oyog‘iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Otabek Turobovga (Lokomotiv BFK) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik” — “Lokomotiv BFK” uchrashuvining 45-daqiqasida “Olimpik” jamoasi futbolchisi Jaloliddin Sodiqov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jaloliddin Sodiqovga (Olimpik) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor lochinlari” — “Andijon”

O‘zbekiston Kubogi 2-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Andijon” uchrashuvining 75-daqiqasida “Andijon” futbol klubi futbolchisi Sardor Azimov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sardor Azimovga (Andijon) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekiston Kubogi 2-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Andijon” uchrashuvining 51-daqiqasida “Andijon” futbol klubi futbolchisi Bektemir Abdumannonov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Bektemir Abdumannonovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Chig‘atoy” — “Surxon”

O‘zbekiston Kubogi 2-turi doirasidagi “Chig‘atoy” — “Surxon” uchrashuvining 90+4 daqiqasida “Surxon” futbol klubi futbolchisi Humoyun Sherbotayev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Humoyun Sherbotayevga (Surxon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik Mobiuz” — “Lokomotiv”

O‘zbekiston Kubogi 2-turi doirasidagi “Olimpik Mobiuz” — “Lokomotiv” uchrashuvining 58-daqiqasida “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Abubakr-Rizo Turdaliyev to‘psiz vaziyatda raqib o‘yinchisini oyog‘iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abubakr-Rizo Turdaliyevga (Lokomotiv) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.

“Zomin” — “Qizilqum”

O‘zbekiston Kubogi 2-turi doirasidagi “Zomin” — “Qizilqum” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Zomin” jamoasi ijrochi direktori Davron Shaymardonov bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Davron Shaymardonovga (Zomin) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro-liga
“Sho‘rtan” — “Aral”

Proliga 5-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Aral” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Aral” futbol klubi futbolchisi Shahzod Turopov bosh qismi bilan raqib o‘yinchisini bosh qismiga zarba bergan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shahzod Turopovga (Aral) nisbatan 4 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) hamda jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qo‘qon-1912” — “Xorazm”

Proliga 4-turi doirasidagi “Qo‘qon-1912” — “Xorazm” uchrashuvining 33-daqiqasida “Xorazm” futbol klubi futbolchisi Mo‘minjon Meliyev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Mo‘minjon Meliyevga (Xorazm) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Mash’al” — “Sho‘rtan”

Proliga 4-turi doirasidagi “Mash’al” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 87-daqiqasida “Sho‘rtan” futbol klubi futbolchisi Sherzodbek Abduraimov bosh qismi bilan raqib o‘yinchisining yuz qismiga zarba bergan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sherzodbek Abduraimovga (Sho‘rtan) nisbatan 10 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Xorazm” — “Sho‘rtan”

Proliga musobaqasining 2-turi doirasidagi “Xorazm” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 37-daqiqasida “Sho‘rtan” futbol klubi futbolchisi Jo‘rabek Mannonov yordamchi hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jo‘rabek Mannonovga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Xorazm” — “Sho‘rtan”

Proliga musobaqasining 2-turi doirasidagi “Xorazm” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 70-daqiqasida “Sho‘rtan” futbol klubi futbolchisi Nodirbek Mukarov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nodirbek Mukarovga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Buxoro” — “Mash’al”

Proliga 5-tur doirasidagi “Buxoro” — “Mash’al” uchrashuvining 72-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Islom Rashidxonov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Islom Rashidxonovga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Do‘stlik Toshkent” — “Buxoro”

Proliga 4-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Buxoro” uchrashuvining 18-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Bakayev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ulug‘bek Bakayevga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Proliga 4-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Buxoro” uchrashuvining 90-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Elyor Orifov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Elyor Orifovga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Sho‘rtan” — “Do‘stlik Toshkent”

Proliga musobaqasining 3-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Do‘stlik Toshkent” uchrashuvining 61-daqiqasida “Do‘stlik Toshkent” futbol klubi futbolchisi Jamoliddin Hikmatov to‘p uchun kurashish vaqtida oyoq qismi bilan raqib o‘yinchisining ko‘krak qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jamoliddin Hikmatovga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Aral” — “Qo‘qon-1912”

Proliga musobaqasining 3-turi doirasidagi “Aral” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvining 48-daqiqasida “Qo‘qon-1912” futbol klubi futbolchisi Sergey Petrov simulyatsiya uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sergey Petrovga (Qo‘qon-1912) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Aral” — “Qo‘qon 1912”

Proliga musobaqasining 3-turi doirasidagi “Aral” — “Qo‘qon 1912” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Qo‘qon 1912” futbol klubi futbolchisi Javohir Husanov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Javohir Husanovga (Qo‘qon 1912) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik Mobiuz” — “Mash’al”

Proliga musobaqasining 3-turi doirasidagi “Olimpik Mobiuz” — “Mash’al” uchrashuvining 38-daqiqasida “Olimpik Mobiuz” futbol klubi futbolchisi Ro‘ziboy Fayzullayev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ro‘ziboy Fayzullayevga (Olimpik Mobiuz) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Proliga musobaqasining 3-turi doirasidagi “Olimpik Mobiuz” — “Mash’al” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Mash’al” futbol klubi futbolchisi Islombek Baratov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Islombek Baratovga (Mash’al) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Buxoro” — “Xorazm”

Proliga musobaqasining 3-turi doirasidagi “Buxoro” — “Xorazm” uchrashuvining 21-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Shirinboy Abdullayev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shirinboy Abdullayevga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Do‘stlik Toshkent” — “Olimpik Mobiuz”

Proliga musobaqasining 2-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Olimpik Mobiuz” uchrashuvining 26-daqiqasida “Do‘stlik Toshkent” futbol klubi futbolchisi Anvarjon Alijonov simulyatsiya uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Anvarjon Alijonovga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Proliga musobaqasining 2-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Olimpik Mobiuz” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Do‘stlik Toshkent” futbol klubi futbolchisi Xushnudbek Avilov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Xushnudbek Avilovga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Xorazm” — “Sho‘rtan”

Proliga musobaqasining 2-turi doirasidagi “Xorazm” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 25-daqiqasida “Sho‘rtan” futbol klubi futbolchisi Muxriddin Zoirov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Muxriddin Zoirovga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Xorazm” — “Do‘stlik Toshkent”

Proliga musobaqasining 5-turi doirasidagi “Xorazm” — “Do‘stlik Toshkent” uchrashuvining 52-89-daqiqalarida “Do‘stlik Toshkent” futbol klubi futbolchisi Izzatillo Orifov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochkalar olib maydondan chetlashtirilgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Izzatillo Orifovga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Do‘stlik Toshkent” — “Buxoro”

Proliga 4-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Buxoro” uchrashuvining 18-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi shifokori San’at Bomurotov zahira hakami sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, San’at Bomurotovga (Buxoro) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

Birinchi liga
“Buxoro FA” — “Qumqo‘rg‘on-1977”

Birinchi liga musobaqasining 1-turi doirasidagi “Buxoro FA” — “Qumqo‘rg‘on-1977” uchrashuvi davomida “Qumqo‘rg‘on-1977” jamoasi ma’muri Abdumalik Jumayev hamda video tasvirchisi Jo‘rabek Sattorov hakamlarga nisbatan e’tiroz bildirib, ularning sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdumalik Jumayevga (Qumqo‘rg‘on-1977), shuningdek, Jo‘rabek Sattorovga (Qumqo‘rg‘on-1977) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Buxoro FA” — “Qumqo‘rg‘on-1977”

Birinchi liga musobaqasining 1-turi doirasidagi “Buxoro FA” — “Qumqo‘rg‘on-1977” uchrashuvining 77-daqiqasida “Qumqo‘rg‘on-1977” jamoasi futbochisi Abdulla Choriyev bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdulla Choriyevga (Qumqo‘rg‘on-1977) nisbatan 4 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) hamda jarima intizom choralari qo‘llanildi.

“Toshkent vil. FA” — “Chig‘atoy”

Birinchi liga 2-turi doirasidagi “Toshkent vil. FA” — “Chig‘atoy” uchrashuvining 41-daqiqasida “Chig‘atoy” jamoasi futbolchisi Abdulla Tursunboyev raqib o‘yinchisi yerda yotgan paytda bosh qismiga oyog‘i bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdulla Tursunboyevga (Chig‘atoy) nisbatan 4 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Lokomotiv BFK” — “Namangan FA”

Birinchi liganing 2-turi doirasidagi “Lokomotiv BFK” — “Namangan FA” uchrashuvining 65-daqiqasida “Lokomotiv BFK” futbol klubi futbolchisi Vazgen Pogosyan to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Vazgen Pogosyanga (Lokomotiv BFK) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Namangan FA” — “Sementchi”

Birinchi liga musobaqasining 1-turi doirasidagi “Namangan FA” — “Sementchi” uchrashuvining 53-daqiqasida “Sementchi” jamoasi futbolchisi Dilshodbek Umurzoqov to‘p uchun kurashish vaqtida raqib o‘yinchisining yuz qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Dilshodbek Umurzoqovga (Sementchi) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

U-21 chempionati
“Surxon U21” — “OKMK U21”

U21 chempionatining 5-turi doirasidagi “Surxon U21” — “OKMK U21” uchrashuvining 49-daqiqasida “OKMK U21” jamoasi murabbiyi Rafael Fabarisov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Rafael Fabarisovga (OKMK U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Dinamo U21” — “Metallurg U21”

U21 chempionatining 4-turi doirasidagi “Dinamo U21” — “Metallurg U21” uchrashuvi startiga qadar 10-5 daqiqa ichida tribuna osti yo‘lakchasiga sarflanmagani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Dinamo plyus”ga futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik U21” — “Neftchi U21”

U21 chempionatining 4-turi doirasidagi “Olimpik U21” — “Neftchi U21” uchrashuvining 62-daqiqasida “Olimpik U21” jamoasi futbolchisi Rustam Jahonov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Rustam Jahonovga (Olimpik U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

OKMK U21— “Bunyodkor U21”

U21 chempionatining 4-turi doirasidagi OKMK U21— “Bunyodkor U21” uchrashuvining 64-daqiqasida “Bunyodkor U21” jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev yon hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jamoliddin Raxmatullayevga (Bundkor U21) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qizilqum U21”— “Lokomotiv U21”

U21 chempionatining 4-turi doirasidagi “Qizilqum U21”— “Lokomotiv U21” uchrashuvining 73-daqiqasida “Lokomotiv U21” jamoasi futbolchisi Shohruh Xudoyberganov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holat bo‘yicha tegishli chora ko‘rish so‘ralgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shohruh Xudoyberganovga (Lokomotiv U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“So‘g‘diyona U21” — “Qizilqum U21”

U21 chempionatining 5-turi doirasidagi “So‘g‘diyona U21” — “Qizilqum U21” uchrashuvining 68-daqiqasida “So‘g‘diyona U21” jamoasi futbolchisi Sardorbek Hoshimov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sardorbek Hoshimovga (So‘g‘diyona U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

U21 chempionatining 5-turi doirasidagi “So‘g‘diyona U21” — “Qizilqum U21” uchrashuvining 51-daqiqasida “So‘g‘diyona U21” jamoasi futbolchisi Samandar Sindarov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Samandar Sindarovga (So‘g‘diyona U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik U21” — “Neftchi U21”

U21 chempionatining 4-turi doirasidagi “Olimpik U21” — “Neftchi U21” uchrashuvining 65-daqiqasida “Neftchi U21” jamoasi futbolchisi Miraziz Mahamadaliyev simulyatsiya uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Miraziz Mahamadaliyevga (Neftchi U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

U-19 chempionati
“Neftchi U19” — “Bunyodkor U19”

U19 chempionatining 2-turi doirasidagi “Neftchi U19” — “Bunyodkor U19” uchrashuvining 85-daqiqasida “Neftchi U19” jamoasi futbolchisi Islomjon Gaipov oyog‘ining tizza qismi bilan raqib o‘yinchisining ko‘krak qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Islomjon Gaipovga (Neftchi U19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon U19” — “Buxoro U19”

U19 chempionatining 2-turi doirasidagi “Surxon U19” — “Buxoro U19” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Buxoro U19” jamoasi futbolchisi F. Ismatullayev to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Firdavs Ismatullayevga (Buxoro U19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Dinamo U19” — “Mash’al U19”

U19 chempionatining 2-turi doirasidagi “Dinamo U19” — “Mash’al U19” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Mash’al U19” jamoasi futbolchisi Parmonqulov Suhrobjon to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Suhrobjon Parmonqulovga (Mash’al U19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

Ayollar Superkubogi

“Sevinch” — “So‘g‘diyona W”

Ayollar Superkubogi doirasidagi “Sevinch” — “So‘g‘diyona W” uchrashuvining 39-daqiqasida “Sevinch” futbol klubi futbolchisi Alvina Emma to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Alvina Emmaga (Sevinch) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon W” — “Sho‘rtan W”

Ayollar birinchi ligasi doirasidagi “Surxon W” — “Sho‘rtan W” uchrashuvining 84-daqiqasida “Surxon W” jamoasi futbolchisi Sh. Qurbonboyeva raqib o‘yinchisi oyoq qismiga tepgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shahnoza Qurbonboyevaga (Surxon W) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Aral W” — “Dinamo W”

Ayollar birinchi ligasi doirasidagi “Aral W” — “Dinamo W” uchrashuvining 47-daqiqasida “Dinamo W” jamoasi futbolchisi R. Shodiyeva hamda “Aral W” jamoasi futbolchisi G. Ozodboyevalar bir-birlariga nisbatan tajovuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan, “Aral W” jamoasi futbolchisi G. Ozodboyeva chetlashtirilgandan so‘ng raqib o‘yinchisini yuz qismiga tirsagi bilan zarba bergan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Rayxon Shodiyevaga (Dinamo W) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

Gulrux Ozodboyevaga (Aral W) nisbatan 5 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional boʻlishga chaqiramiz. Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!