Bilasiz, ayni paytda koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish uchun barchamizdan uyda qolish talab qilinmoqda. Natijada deyarli barcha mamlakatlarda futbol uchrashuvlari ham o’tkazilmayapti. Xo’sh, o’zbekistonlik futbolchilar karantin davrini uyda qanday o’tkazishmoqda? Ular muxlislarga bu borada nimalarni tavsiya qilishadi? Bugun bu haqda O’zbekiston ayollar terma jamoasi yetakchilaridan biri – Nilufar Qudratova bilan suhbatlashdik.
Tojikistonda 19 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida futzal bo‘yicha “CAFA U-19 Girls’ Futsal Championship 2020” musobaqasi o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston ayollar U-19 terma jamoasi oxirgi uchrashuvini mezbonlarga qarshi o‘tkazib 7:2 hisobida g‘alaba qozondi. Yakunda futzalchi qizlarimiz 12 ochko jamrg‘ardi va 2-pog‘onani band etdi. CAFA U-19 Girls’ Futsal Championship 2020 5-tur. 29-yanvar. Dushanbe. Tojikiston U19
Bugun Tojikistonda 19 yoshgacha bo‘lgan futzalchi qizlar o‘rtasida Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi chempionati boshlandi. Ilk o‘yinda o‘zbekistonlik futzalchi qizlar Turkmaniston bilan bahs olib borishdi va 4:1 hisobida g‘alabaga erishishdi. CAFA U-19 Girls’ Futsal Championship 2020 1-tur O‘zbekiston – Turkmaniston 4:1 Gollar: Shaxnoza Qurbonova (6), Laylo Shodiyeva (33, 33), Nozimaxon Ergasheva (11) – Mariya Chorieva
Bugun, 18-yanvar kuni futzal bo‘yicha O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi poytaxtimizda yig‘inga kirishdi. Rustam Aripov boshchiligidagi terma jamoamiz ilk mashg‘ulotini “Bunyodkor” akademiyasi zalida olib bordi. Ta’kidlab o‘tamiz, 24-29-yanvar kunlari Tojikistonda 19 yoshgacha bo‘lgan futzalchi qizlar o‘rtasida Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi chempionati bo‘lib o‘tadi. Terma jamoamiz mazkur musobaqada ishtirok etadi. 22-yanvar sanasida terma jamoamiz Dushanbega yo‘l
18-yanvar sanasidan Rustam Aripov boshchiligidagi futzal bo‘yicha O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi poytaxtimizda o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi. Oldinroq xabar berganimizdek, 24-29-yanvar kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida 19 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida futzal bo‘yicha Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Eron, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston hamda Afg‘oniston terma jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib boradi.