Free ebooks Library zlibrary project

O’zbekiston U17 ayollar terma jamoasi “CAFA U-17 Women’s Championship 2021” xalqaro turniri doirasida Afg’oniston vakillariga qarshi bahs olib bordi.

Biroz avval yakuniga yetgan uchrashuvda U17 ayollar terma jamoamiz 8-0 hisobida g’alaba qozondi va turnir jadvalida 1-pog’onaga kotarilib oldi.

Musobaqaning navbatdagi hal qiluvchi uchrashuvida Tojikiston hamda Eron jamoalari o’zaro kuch sinashadi. Soat 20.45 da start oladigan mazkur o’yin natijasiga ko’ra turnir g’olibi ma’lum bo’ladi.

“CAFA U-17 Women’s Championship 2021”

3-tur | 07.07.2021

🇺🇿 O’zbekiston 8-0 Afg’oniston 🇦🇫

Gollar: Sevinch Rahmatulloyeva 32′, Ruxshona Saydabbasova 20′, 41′, Kseniya Buntina 60′, Leyla Rustullayeva 46′ (pen.), 56′, 67′, Mehribon Egamberdiyeva 80+2′