Free ebooks Library zlibrary project

O’zbekiston U17 ayollar terma jamoasi “CAFA U17 Women’s Championship 2021” xalqaro turniri doirasidagi navbatdagi uchrashuvini o’tkazdi. Ikkinchi turda Ilxom Xanjariyev shogirdlariga musobaqa favoritlari hisoblangan Eron vakillari raqiblik qildi.

Biroz avval yakuniga yetgan mazkur uchrashuvda U17 ayollar terma jamoamiz muvaffaqiyat qozondi. Leyla Rustullayeva tomonidan kiritilgan ikki gol yakunda terma jamoamizga g’alaba olib keldi.

“CAFA U17 Women’s Championship 2021”

2-tur | 05.07.2021

🇮🇷 Eron 0-2 O’zbekiston 🇺🇿

Gollar: Leyla Rustullayeva (40′, 73′)