Free ebooks Library zlibrary project

OFK Ijroiya qo’mitasi davom etayotgan pandemiya sharoitida barcha manfaatdor tomonlar bilan kelishgan holda, bir qator qarorlarni qabul qildi.

Qarorga ko’ra, Indoneziya va O’zbekistonda o’tadigan ayollar o’rtasidagi U17 va U20 Osiyo kubogi bahslari bekor qilindi. Biroq ushbu mamlakatlar mazkur chempionatlarning 2024-yilgi bahslariga mezbonlik huquqini o’zlarida saqlab qoladi.

Shuningdek, ayollar o’rtasidagi 2022-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichi sanalari qayta ko’rib chiqiladigan bo’ldi.

Bundan tashqari, futzal bo’yicha ayollar o’rtasidagi qit’a birinchiligi hamda U20 Osiyo kubogi ham bekor qilindi.

Shu yili 13-24 oktyabr kunlari o’tkazilishi rejalashtiriligan futzal bo’yicha Osiyo kubogi saralash bahslari 2022-yil aprel oyiga ko’chirildi. Final bosqich uchrashuvlari esa 2022-yil 25-sentyabrdan 20-oktyabrga qadar o’tkaziladigan bo’ldi.