Free ebooks Library zlibrary project

Bugun bo’lib o’tgan OFK Musobaqalarni o’tkazish qo’mitasining navbatdagi majlisida milliy terma jamoa va klublar miqyosidagi 2021-yilgi musobaqalarning yangilangan taqvimini e’lon qilish qo’mita kun tartibidan o’rin olgan edi.

Unga ko’ra, JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo’shma saralash bosqichining 7-8 tur uchrashuvlari kelasi yilning mart oyida, 9-10 tur uchrashuvlari esa iyun oyida o’tkaziladigan bo’ldi. JCH-2022 yakuniy saralash bosqichi 2021-yil sentyabr oyida start oladi va 2022-yil mart oyida yakunlanadi.

O’zbekiston mezbonlik qiladigan U19 Osiyo chempionati yurtimizning 3 ta shahrida 2021-yil 3-20 mart kunlari bo’lib o’tadi.

U16 Osiyo chempionatining yangi sanasi hamda 2021-yilgi Osiyo chempionlari ligasining formati va yangi taqvimi keyinroq e’lon qilinishi ma’lum qilindi.