Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor O’zbekiston futzal terma jamoasi 2-3 fevral kunlari Toshkent shahrida Argentina vakillari bilan ikkita o’rtoqlik o’yini o’tkazadi.

Baxodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi futzalchilarimizning amaldagi jahon chempionlariga qarshi bahslari “O’zbekiston” sport majmuasida bo’lib o’tadi. Ikkala uchrashuv ham soat 18.30 da start oladi.

Bilasiz, chiptalar oldi-sotdisi jarayonini tartibga solish, chiptalarning olib-sotarlar qo‘lida qaytadan sotilishining oldini olish, qolaversa muxlislar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, bu orqali esa chiptalarning shaffof savdosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi iticket.uz chiptalar operatori bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Shu sababli, futzal bo’yicha O’zbekiston – Argentina terma jamoalari o’rtasidagi o’rtoqlik uchrashuvlari chiptalari aynan iticket.uz rasmiy kassalari va onlayn platformasida sotuvga qo’yish rejalashtirilmoqda.

Chiptalarni faqatgina iticket.uz rasmiy kassalari yoki veb-sayti orqali onlayn xarid qiling. Qalbaki chiptalardan ehtiyot bo‘ling! Barcha ma’lumotlar iticket.uz veb-saytida.