Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish to’g’risidagi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 22-28 yanvar kunlari OFKning “Level -2” futzal trenerlik lisenziyasi o‘quv kursi bo‘lib o‘tmoqda.

Farg‘ona shahrida tashkil etilayotgan o‘quv kursini OFK instruktori Avaz Maksumov olib bormoqda. O‘FA instruktorlari Farrux Zokirov va Furqat Xayrullayev yordamchi vazifasida faoliyat ko’rsatmoqda.

OFKning “Level-2” futzal trenerlik litsenziyasi o‘quv kursida 15 nafar murabbiy ishtirok etishi ko’zda tutilgan.