Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi Litva mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida ishtirok etadi.

Mazkur mundialga munosib tayyorgarlik ko’rish maqsadida futzalchilarimiz jahonning yetakchi futzal terma jamoalari bilan o’rtoqlik uchrashuvlari tashkil etib kelmoqda.

Xususan, Bahodir Ahmedov shogirdlari 25-28 iyun kunlari 2021-yilgi Jahon chempionati ishtirokchisi va Janubiy Amerikaning eng kuchli terma jamoalaridan biri hisoblangan Venesuela bilan kuch sinashadi.

“Yunusobod” sport majmuasida bo’lib o’tadigan ushbu bahslarga hozirlik ko’rish uchun futzal terma jamoamiz 14-iyun kuni o’quv-mashg’ulot yig’inini boshlaydi.

Murabbiylar shtabi Venesuelaga qarshi o’rtoqlik uchrashuvlari uchun 20 nafar futzalchini jalb etdi.

Yig’inga chaqiruv olgan futzalchilar ro’yxati.

Ism-familiyasi Ampluasi Klubi
1. Elmuradov Abbos Darvozabon Xuasin J.
2. Eliboyev Ravshan Darvozabon Paxtakor
3. Umarov Rustam Darvozabon AGMK
4. Erkinov Xushnur Himoyachi Metallurg
5. Adilov Mashrab Himoyachi Paxtakor
6. Raxmatov Anasxon Himoyachi AGMK
7. Abduvaliyev Avazbek Himoyachi Paxtakor
8. Xamroyev Ilxom Himoyachi AGMK
9. Raxmatov Dilshod Himoyachi Xuasin J.
10. Sadiyev Shaxzodjon Himoyachi Xuasin J.
11. Solixov Abdulla Himoyachi AGMK
12. Ropiyev Ixtiyor Hujumchi AGMK
13. Nishonov Xusniddin Hujumchi AGMK
14. Choriyev Davron Hujumchi AGMK
15. Jo’rayev Sunnat Hujumchi Paxtakor
16. To’lqinov Elbek Hujumchi Maksam Ch.
17. Shavkatov Dilmurod Hujumchi Paxtakor
18. Ibragimov Davlat Hujumchi Xuasin J.
19. Usmonov Akbar Hujumchi Paxtakor
20. Axadjonov Muzaffar Hujumchi AGMK