Free ebooks Library zlibrary project

2023-yili yurtimizda o’tadigan U20 Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston U18 terma jamoasi Afrika qit’asida o’tadigan xalqaro turnirda ishtirok etadi.

O’zbekistonlik yoshlar Misr Arab Respublikasida 20-iyundan 6-iyulga qadar tashkil etiladigan “Arab Cup U-20” musobaqasida qatnashadi.

Bosh murabbiy Ildar Magdeyev qo’l ostidagi mazkur terma jamoa a’zolari “D” guruhida Tunis, Saudiya Arabistoni va Yaman vakillari bilan o’zaro bahs olib boradi. Guruhda yuqori ikki o’rinni egallagan jamoalar chorak final yo’llanmasiga ega chiqadi.

“Arab Cup U-20” xalqaro turniri
“D” guruhi

21-iyun
22.00 | Saudiya Arabistoni – O’zbekiston

24-iyun
19.00 | O’zbekiston – Tunis

27-iyun
22.00 | O’zbekiston – Yaman

Misr safari oldidan U18 terma jamoamiz Toshkentda bir haftalik o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazadi va 19-iyun sanasida Qohira shahriga yo’l oladi.

Murabbiylar shtabi “Arab Cup U-20” xalqaro turniri oldidan tashkil etiladigan yig’inga 32 nafar futbolchini jalb etdi.

Ism-familiyasi Ampluasi Klubi
1. Sayotov Xumoyunshox Darvozabon “Nasaf”
2. Baymurodov Otabek Darvozabon “Paxtakor”
3. Kenjayev Asrorbek Darvozabon “Lokomotiv”
4. Muratov Dilshod Darvozabon “Chig‘atoy”
5. Xakimov Zafar Himoyachi “Nasaf”
6. Anorov Abduraxim Himoyachi “Paxtakor”
7. Po’latov Izzatillo Himoyachi “Paxtakor”
8. O’rozov Jaxongir Himoyachi “Bunyodkor”
9. Abdurazoqov Mirkamol Himoyachi “Paxtakor”
10. Xakimov Azizjon  Himoyachi “Chig‘atoy”
11. Abdiraxmatov Zafarmurod Himoyachi “Nasaf”
12. Ortiqboyev Diyorbek Himoyachi “Nasaf”
13. Mamadjanov Maxmudjon Himoyachi “Bunyodkor”
14. Yo’ldashev Abdullox Himoyachi “Lokomotiv”
15. Chobanov Mustafa Himoyachi “Chig‘atay”
16. Sultonov Umid Yarimhimoyachi “Bunyodkor”
17. Fayzullayev Abbosbek Yarimhimoyachi “Paxtakor”
18. Raxmatullayev Shaxzodbek Yarimhimoyachi “Paxtakor”
19. Akramov Shaxzod Yarimhimoyachi “Nasaf”
20. Umarov Shoxjaxon Yarimhimoyachi “Bunyodkor”
21. Askarov Bexruzbek Yarimhimoyachi “Paxtakor”
22. Raxmonaliyev Umarali Yarimhimoyachi “Bunyodkor”
23. Xalilov Xislat Yarimhimoyachi “Chig‘atay”
24. Tupliyev Bilol Yarimhimoyachi “Bunyodkor”
25. Ergashboyev Abbos Yarimhimoyachi “Paxtakor”
26. Yusupbayev Arislon Yarimhimoyachi “Aral Samali”
27. Esonov Sherzod Yarimhimoyachi “Chig‘atay”
28. Abdumonnopov Mustafo Yarimhimoyachi “Chig‘atay”
29. Xoldorxonov Po’latxo’ja Hujumchi “Paxtakor”
30. Toirov Diyorbek Hujumchi “Metallurg”
31. Islamov Rian Hujumchi “Paxtakor”
32. Abduraxmonov Ali Hujumchi “Lokomotiv”