Free ebooks Library zlibrary project

Ertaga O’zbekiston U20 ayollar terma jamoasi Dushanbe shahri mezbonlik qiladigan CAFA U20 Women’s Championship 2021 xalqaro turniridagi o’z ishtirokini boshlaydi.

Bugun Dushanbedagi “Respublika markaziy stadioni” anjumanlar zalida o’yin oldi matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Unda jamoamiz bosh murabbiyi Ilxom Xanjariyev va jamoa sardori Tojiniso Rashidova ishtirok etdi.

– Avvalambor, Tojikistonda bunday musobaqani tashkil qilinayotgani uchun Markaziy Osiyo utbol assotsiatsiyasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Toshkent va Dushanbe birodar shaharlar hisoblanadi va shu sababli ham, barchamizga shahar juda yoqdi.

Jamoaning tayyorgarligiga kelsak, bu yerga kelishdan avval Toshkentda bir haftalik o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazdik. Bundan tashqari, mart oyidagi ham yig’in tashkil etilgan edi. Shuningdek, O’zbekiston ayollar chempionati qizg’in pallada. Birinchi davra yakunlandi va barcha qizlar mazkur musobaqada o’z klubi safida optimal formada to’p surmoqda.

Dushanbega parvoz bilan bog’liq muammolar bo’lmadi, biz tezda uchib keldik. Tojikiston futbol federatsiyasi bizni iliq kutib oldi, umuman olganda hammasi yaxshi.

Biz bu erga shunchaki tarkibni shakllantirib olish yoki Osiyo Kubogining saralash o’yinlariga tayyorgarlik ko’rish uchun emas, balki o’z oldimizga qo’ygan vazifamiz – g’alaba qozonish uchun keldik.

Eron terma jamoasi bizning asosiy raqibimiz emas, bu turnirdagi barcha jamoalar biz uchun jiddiy qarshilik ko’rsata oladi. Pandemiya hammaga ta’sir qildi. Ammo o’tgan yili ham mahalliy chempionatni o’tkazdik. Bu yil pandemiya bizga ham ta’sir qildi, lekin 2020-yildagidek darajada emas va jamoa optimal hozir formada.