Free ebooks Library zlibrary project

Futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi Marokashga qarshi dastlabki o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazdi.

Bugun terma jamoamiz vakillari Rabot shahridagi Marokash futbol assotsiatsiyasi sport kompleksida mezbon jamoa vakillariga qarshi maydonga tushdi.

Marokash vakillari darvozamizga 5 bor gol urgan bo’lsa, Davron Choriyevning dubli va Akbar Usmonovning so’nggi daqiqalarda urgan goli hisobni 5-3 ko’rinishiga keltirdi.

Futzal bo’yicha o’rtoqlik uchrashuvi

Marokash 5-3 O’zbekiston

Gollar: Hamza Bouyouzan 8′, Bilal Bakkali 22′, Saad Knia 27′, Bilal Bakkali 29′, Anas El Ayyane 30′ –  Davron Choriyev 33′, 34′, Akbar Usmonov 39′

O’zbekiston (dastlabki beshlik): Ravshan Eliboyev, Xushnur Erkinov, Mashrab Adilov, Avazbek Abduvaliyev, Anasxon Rahmatov

Zaxira: Rustam Umarov, Ilxomjon Hamroyev, Dilshod Rahmatov, Xusnitdin Nishonov, Elbek To’lqinov, Davron Choriyev, Akbar Usmonov, Javlon Anorov, Sunnatulla Jo’rayev